Yaponiyada sayohat kemasi halokatga uchradi

Jahon 16:29 / 23.04.2022 11645

Yaponiyaning Hokkaydo oroli sohillarida bortida 24 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «KAZU I» sayyohlar kemasi halokatga uchradi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Layner Siretoko yarimoroli yaqinida cho‘kayotgani haqida xabar bergan. Voqea joyiga patrul katerlari va vertolyotlar jo‘natilgan.

NHK telekanalining xabariga ko‘ra, «KAZU I» tumshuq tomoni cho‘ka boshlagani va tez orada butunlay cho‘kib ketishini bildirgan.

The Asahi Shimbun gazetasining yozishicha, 23 aprel kuni halokat hududida kuchli to‘lqin va shamol bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirish e’lon qilingan.

Mart oxirlarida Tanegasima oroli yaqinida bortida sakkiz kishi bo‘lgan baliqchilik kemasi cho‘kib ketgandi. Ekipajning uch nafar a’zosi qutqarib olingan, bir kishining jasadi topilgan, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan. Halokatga kemada chiqqan yong‘in sabab bo‘lgani aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: