Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 09:36 / 08.05.2024 1315

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ 10,11,12 may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha harakatini yo‘lga qo‘ydi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 775-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
  • 776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: