O‘zbek banklari ikkilamchi sanksiyalarga tushib qolmaslik choralarini ko‘rmoqda

Iqtisodiyot 22:41 / 21.04.2022 31922

O‘zbekiston so‘nggi yillarda Rossiya Federatsiyasidan katta miqdorda kredit resurslarini jalb qilgan. Shundan kelib chiqib, sanksiyaga tushgan Rossiya banklari (Gazprombank, VTB, VEB va boshqalar) tomonidan iqtisodiy loyihalar moliyalashtirilganda bu O‘zbekistonga ta’sir qilmaydimi?  O‘zbekistonning sanksiyalar tufayli bu mablag‘lardan mahrum bo‘lish xavfi bormi?

Mazkur savolga javoban Markaziy bankning ma’lum qilishicha, tijorat banklarining xorijiy banklar oldidagi jami majburiyatlari tarkibida qattiq sanksiyalarga tushgan banklardan jalb qilingan moliyaviy resurslarning ulushi yuqori emas.

“Ta’kidlash joizki, mahalliy banklar tomonidan qat’iy sanksiyaga tushgan banklardan jalb qilingan majburiyatlarini o‘z vaqtida va ikkilamchi sanksiyalar xavfini yaratmasdan qaytarish bo‘yicha xalqaro yuridik konsalting kompaniyalari jalb qilingan.

Har bir tranzaksiyani yuridik kompaniyalar xulosasi asosida amalga oshirish choralari ko‘rildi. Bu, o‘z navbatida, kelgusida yirik iqtisodiy loyihalarni uzluksiz moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya bozorlaridan muammosiz resurslar jalb etish imkoniyatini yaratmoqda”, – deyiladi regulyator javobida. 

Ko‘proq yangiliklar: