O‘zbekistonda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 420 dollarni tashkil etdi

Iqtisodiyot 09:39 / 20.04.2022 30686

Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trillion so‘mni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, yalpi ichki mahsulot hajmi 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o‘sdi.
 
2022 yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 4,6 mln so‘m (420 AQSh dollari)ni tashkil etib, 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 foizga o‘sgani aytiladi.

Ma’lumot uchun, bundan oldin XVJ, YeTTB, Jahon banki va Fitch reyting agentligi kabi xalqaro moliya tashkilotlari 2022 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha prognozlarini keskin pasaytirgandi.

Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilda jahon bozorida oltin, mis, tabiiy gaz kabi xomashyo mahsulotlari narxlari yuqori bo‘lishidan foyda ko‘rishi mumkin, ammo pul o‘tkazmalarining qisqarishi joriy hisob taqchilligini yalpi ichki mahsulotning 10 foizigacha oshirishi mumkin. 

Shuningdek, 2022 yilda umumiy budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 4 foizigacha kamayishi prognoz qilingan. 

Bundan tashqari, 2022−2023 yillarda mamlakat davlat qarzi rekord darajada o‘sib, YaIMga nisbatan 42 foizgacha yetishi mumkinligi keltirib o‘tilgan. Mazkur ko‘rsatkich 2024 yil oxiriga kelib YaIMga nisbatan taxminan 40 foiz darajasida kamayishi mumkin

Ko‘proq yangiliklar: