Toshkentda tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat 07:36 / 19.04.2022 8388

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar M.M. va S.N. “D..-” MChJ rahbari X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tijorat bankidan  2 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit olib berish evaziga, kredit summasining 5 foizini hisoblab, ya’ni 100 ming AQSh dollari ustama puli so‘rashib, shundan 55 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumotda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin tadbirkorga 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan mutaxassis ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: