Qozog‘istonda bir guruh shaxslar josuslik va davlatga xiyonatda gumonlanib qo‘lga olindi

Jahon 14:36 / 19.04.2022 10167

Qozog‘istonda bir guruh shaxslar josuslik, davlatga xiyonat, davlat sirlarini noqonuniy ravishda yig‘ish va tarqatishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar berdi.

“Ular orasida xorijiy davlat fuqarosi ham bor”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston Jinoyat kodeksining qator moddalari (davlatga xiyonat, josuslik, davlat sirlarini noqonuniy ravishda yig‘ish va tarqatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu shaxslarga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Qayd etilishicha, jinoyat ishi maxfiy tusda bo‘lgani sababli bu ish bo‘yicha boshqa tafsilotlar e’lon qilinmaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: