Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 13 aprel kuni G‘uzor tumani, Sovbog‘ qishlog‘ida yashovchi, mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi vazifasida ishlab turgan, 1985 yilda tug‘ilgan, 3 nafar farzandi bo‘lgan erkak qo‘shnisining hech kim yashamaydigan xonadonida o‘zini o‘zi osib vafot etgan.
Dastlabki tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilishi oqibatida ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgani aniqlangan.
Marhumning o‘lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Qayd etilishicha, holat bo‘yicha G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.