Xorazmda «Mahalla - kompleks» tadbiri o‘tkaziladi

Jamiyat 21:33 / 17.04.2022 904

Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan, aholining turmush darajasi past, og‘ir toifadagi mahallalarda aholining yashash sharoitlari, hayot darajasini yaxshilash va ijtimoiy muammolarini yechish maqsadida «Mahalla - kompleks» tadbiri amalga oshiriladi.

Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan, aholining turmush darajasi past, «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan, og‘ir toifadagi mahallalarda aholining yashash sharoitlari, hayot darajasini yaxshilash va ijtimoiy muammolarini yechish maqsadida «Mahalla - kompleks» tadbiri amalga oshiriladi.

Buning uchun Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Bandlik bosh boshqarmasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va boshqa tashkilot rahbarlari va xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuziladi.

«Mahalla - kompleks» tadbiri doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

  • - Mahalladagi ishsiz, kasb-hunarga o‘qish, o‘zini-o‘zi band qilish istagi bor, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam berish;
  • - Fuqarolarni ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan ijtimoiy muamolarni o‘rganib, yechish choralarini ko‘rish;
  • - Yakka-yolg‘iz keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar holidan xabar olish, ularning xonadonlarida hashar o‘tkazish;
  • - Yashil makon umumilliy loyihasi doirasida hokimlik tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini uchun ajratilgan yer maydoniga terak ko‘chatlari va qalamchalarini ekish va aholi o‘rtasida targ‘ibot qilish;
  • - Davlat idora va tashkilotlariga ko‘p marotaba murojaat qilayotgan fuqarolarning muammolarini hal etish;
  • - Mahallalarda tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlar, to‘liqsiz oilalar, notinch oilalar va kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning hamda yetim bolalarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ular bilan manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • - Boy tajribaga ega mexnat faxriylari bilan yoshlar o‘rtasida «Keksalar e’zozda» tadbirlarini tashkil etish;
  • - 2022 yil may oyida o‘tkaziladigan mahalla fuqaro yig‘ini raisi saylovigacha tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
  • - Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy, umuminsoniy va oilaviy qadriyatlarni, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etish;
  • - Mahallalar miqyosida aholi xonadonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish, tomorqadan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;
  • - Mahallada «Huquqiy bilimlar soati», «Yong‘in xavfsizligi» tadbirlarini tashkil etish;
  • - Aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
  • - Aholi o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish;
  • - 11-sinf o‘quvchilari bilan faxriylar o‘rtasida uchrashuvlarni tashkil etish va a’lochi o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar berish;
  • - Aniqlangan kamchiliklar va muammolar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va tuman (shahar) idora va tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama qilish.
Ko‘proq yangiliklar: