Qashqadaryoda dorilangan chigitdan inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan yog‘ ishlab chiqarayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat 17:28 / 16.04.2022 550

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yilning 12 aprel kuni soat 14:00 larda Qashqadaryo viloyat IIB JQB va Mirishkor tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor surishtiruv olib borilgan.

Surishtiruvlar jarayonida tumanning Mirishkor mahallasida yashovchi fuqaro Q.F. inson salomatligi uchun xatarli bo‘lgan urug‘lik chigitni 3800-4000 so‘mdan sotib olib, iste’molga yaroqsiz yog‘ hamda yem mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati

Tekshiruv davomida fuqaro Q.F.dan 105 litr qora yog‘, 20 kilogramm yem hamda 2500 kilogramm dorilangan urug‘lik chigitlar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: