Qashqadaryoda bog‘cha tarbiyachilari majburiy mehnatga jalb qilindi

Jamiyat 18:06 / 16.04.2022 12723

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bandlik va mehnat vazirligi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Mirishkor tumanida joylashgan bog‘chadagi holat o‘rganilgan.

O‘rganishda Mirishkor tuman 17-sonli DMTT direktori muassasaning tarbiyachi va boshqa xodimlarini ish vaqtida gul ekishga chiqarib, ulardan mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni talab qilgani o‘z tasdig‘ini topgan.

Shu sababli DMTT direktoriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan jarima jazosi qo‘llangan.

Avvalroq Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari tunda majburiy mehnatga jalb qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: