"PR-matnlar, o‘quvchini qanday jalb qilish mumkin" kitobi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 19:43 / 16.04.2022 9124

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi "BIG DATA biznes markazi"da tuman hokimining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi To‘rabek To‘rayev tomonidan Timur Aslanovning «PR teksty, kak zatsepit chitatelya» kitobining o‘zbek tiliga o‘girilgan "PR-matnlar, o‘quvchini qanday jalb qilish mumkin" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Timur Aslanov Rossiyaning «Imidj-Media» nashriyot uyi asoschisi, "Press-slujba" jurnalining bosh muharriri bo‘lib, 20 yildan buyon jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida izlanishlar olib boradi.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Xalq deputatlari Toshkent shahar deputati Muxtor Ilhomovlar qo‘llanma borasida iliq fikrlar bildirishdi.

Foto: Uchtepa tumani hokimligi
Foto: Uchtepa tumani hokimligi
Foto: Uchtepa tumani hokimligi

Tadbirda shuningdek, matbuot kotiblari, OAV xodimlari, jurnalistlar, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari ham ishtirok etishib, kitob borasida o‘z fikrlarini bayon etishdi.

Kitob yengil va sodda tilda yozilgan bo‘lib, u nafaqat PR sohasidagi tajribali mutaxassislar, balki bu yo‘nalishda faoliyatini endigina boshlagan matbuot kotiblari, jurnalistika fakulteti talabalari va har bir rahbar uchun asqotishi ta’kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: