Samarqandda xonadondagi gaz balloni portlashi oqibatida uch kishi jarohatlandi

Jamiyat 16:27 / 15.04.2022 7548

Samarqand viloyati IIIb axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 aprel kuni soat 7:10 larda Bulung‘ur tumani “Avliyo Parpi” MFYdagi Quvvat qishlog‘ida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida gaz plitasiga ulangan ballondan gaz sizib chiqib, portlash sodir bo‘lgan.

Oqibatda, xonadonda bo‘lgan uch kishi turli daraja kuyish tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Oqdaryo tumanidagi oshxonada suyultirilgan gaz balloni portlashi oqibatida 10 kishi turli darajada tan jarohatlari olgandi

Ko‘proq yangiliklar: