Argentina prokuraturasi Maradonaning shifokorlarini ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirishda aybladi

Sport 22:03 / 15.04.2022 23745

Argentina prokuraturasi futbolchi Diyego Maradonani davolash bilan shug‘ullangan sakkiz nafar shifokorni ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirishda aybladi. Bu haqda France24 xabar berdi.

Diyego Maradona 2020 yil 25 noyabr kuni 60 yoshida yurak yetishmovchiligi sababli vafot etgandi.

Sobiq futbolchining o‘limi bo‘yicha ish olib borgan prokurorlar shifokorlarni loqaydlikka yo‘l qo‘yish va Maradonani «taqdir hukmiga tashlab qo‘yish»da ayblagan.

Sakkiz shifokor orasidan joy olgan neyroxirurg va oilaviy shifokor Leopoldo Luke, psixiatr Agustina Kosachov va psixolog Karlos Dias inson o‘limiga olib kelgan harakatsizlikda ayblanmoqda.

Diyego Maradona futbolchilik faoliyati davomida «Napoli», «Sevilya», «Barselona», Argentina klublari hamda mamlakat milliy jamoasida o‘ynagan.

Ko‘proq yangiliklar: