2022 yil 20-22 iyun kunlari EMI Congress (Entrepreneurship and Management Inquiries) tomonidan Toshkent shahridagi TEAM xususiy universitetida 7 Xalqaro kongress o‘tkaziladi. Boshqa xorijiy universitet va tashkilotlar bilan bir qatorda, poytaxtimizdagi yana bir xususiy oliy o‘quv yurti – Diplomat University kongress hamkori va tashkilotchisi sifatida ishtirok etadi.
Kongress gibrid shaklda o‘tkazilib, uning asosiy mavzusi “Turk dunyosida tadbirkorlik va ijtimoiy fanlar”. Eng yaxshi maqolalar mukofotlanib, kongress to‘plami va xalqaro ekspertizadan o‘tgan jurnallarda chop etiladi.
EMI Kongress Turkiyada joylashgan akademik, ijtimoiy va madaniy tashkilot bo‘lib, unda akademiklar, tadbirkorlar, davlat va xususiy sektor rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari ma’lumot va tajriba almashadilar. Avvalgi 6 ta kongress (2018-2021 yillar) Nikosiya, Kappadokiya, Istanbul, Gostivar, Varna kabi shaharlarda o‘tkazilgan.
“Mazkur kongress nafaqat ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, balki Toshkentdagi Diplomat va Team xususiy universitetlari hamkorligini o‘rnatishda muhim qadam bo‘ladi”, – deb ta’kidladi Diplomat University rektori Elyor Mahmudov.
Ta’kidlash joizki, mazkur anjuman Diplomat University’ning yaqin kelajakda turkiyalik hamkorlar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi kongressdir. Jumladan, 2022 yilning 14-15 may kunlari Istanbul Arel universiteti bilan hamkorlikda “Osiyoning kelajak dinamikasi” mavzusidagi Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi. Kongressning maqsadi – Osiyo mintaqasida mavjud muammolar va imkoniyatlarni tahlil hamda muhokama qilish, shuningdek, kelajak dinamikasini va taraqqiyot ssenariysini bashorat qilish va baholashdir.
Ma’lumotlar uchun telefonlar:
+998881248888
+998881268888
+998712008818
E-mail: info@diplomat.university
Instagram: diplomatuniversity
Facebook: diplomat university
Telegram: t.me/diplomatuniversityuz
Reklama huquqi asosida