Soliq kodeksiga foyda solig‘i bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi

Iqtisodiyot 07:24 / 13.04.2022 20283

Unga ko‘ra, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari foyda solig‘idan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab: 

  • 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha miqdorda - 3 yil muddatga; 
  • 5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha miqdorda - 5 yil muddatga; 
  • 15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdorda investitsiyalar kiritilganda - 10 yil muddatga ozod etiladi.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasini ishlab chiqishga prezidentning "Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroridagi vazifalar va erkin iqtisodiy zonalarning 100 dan ortiq ishtirokchilari murojaatlari asos bo‘lgan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingani aytiladi.

Bundan oldin 1 maydan norezidentlarning O‘zbekistondagi daromadi bo‘yicha soliq stavkasi 12 foiz miqdorida belgilanishi xabar qilingandi

Ko‘proq yangiliklar: