Samarqandda qimmatbaho qabrtoshni o‘g‘irlaganlar ushlandi

Jamiyat 09:40 / 13.04.2022 2913

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 6 aprel kuni 29 yoshli M.R. Samarqand tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2022 yil yil 24 mart kuni tunda Samarqand tumanidagi Talibarzu qabristoni hududida joylashgan o‘ziga tegishli qabr toshlarini ishlab chiqarish sexidan narxi 1 000 dollar bo‘lgan bir dona qora rangli granit gabro turiga kiruvchi qimmatbaho toshni noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilib, o‘g‘rilarga chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, mazkur o‘g‘irlikni Samarqand tumanida yashovchi 27 yoshli N.S., 20 yoshli I.Sh. va 18 yoshli A.Z. sodir etgani aniqlanib, ulardan qimmatbaho tosh ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: