O‘zbekiston tarixidagi ilk «Tashabbuskor budjet elchilari» ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 22:33 / 12.04.2022 20153

«Biz “Tashabbusli budjet” jarayonlarining birinchi mavsumi yakunlangani sababli eng faol 50ta loyiha mualliflarining dastlabki ro‘yxati va shuningdek “Ilk tashabbuskor budjet elchilari” jurnalini taqdim etgan holda tez kunda g‘olib talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz», deyiladi vazirlik xabarida.

Quyidagi talabalar noutbuk sohibiga aylanishdi:

1) Asadulla Ortiqov, Termiz davlat universiteti (11 035 ta ovoz);

2) Diyorbek Mamatqulov, Toshkent davlat yuridik universiteti (10 167 ta ovoz);

3) Emomali Hamroqulov, Denov jamoat salomatlik texnikumi (9 908 ta ovoz);

4) Boybek Sulaymonov, Toshkent davlat transport universiteti (6 651 ta ovoz);

5) Doniyorbek Nazirjonov, Farg‘ona politexnika instituti (5 762 ta ovoz).

Ayrim g‘olib talabalar bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagani sababli ro‘yxatda keltirilgan talabalar quyidagi telefon raqami yoki Telegram messenjeri orqali vazirlik xodimlari bilan bog‘lanishi so‘ralgan: (71) 239 88 91, @MoliyaPress

Avvalroq, «Tashabbusli budjet» tizimida talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, tashabbusi o‘z hududida g‘olib bo‘lgan va eng ko‘p ovoz olgan 50 nafar talabaga «Tashabbuskor budjet elchisi» maxsus unvoni berilib, munosib taqdirlanishi ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: