12–22 aprel kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Gruziya va Germaniya talabalari uchun IV Nobel Fest o‘tkaziladi. O‘zbekistonda festival Coca-Cola hamda fan va ta’limni rivojlantirish “Ziyo forum” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Nobel festivali eng yirik xalqaro texnologik, ilmiy va ma’rifiy tadbir bo‘lib, unda 10 dan ortiq Nobel mukofoti laureatlari, 10 "Breakthrough" mukofoti sovrindorlari, 500ta universitet va 155ta mamlakatdan 500 000 ishtirokchi qatnashadi.
Bu yil festivalning o‘ziga xos xususiyati Phenom Metaverse (virtual 3D maydoni)da laureatlarning ma’ruzalarini tinglash imkoniyati bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun https://nobel-fest.org/
Reklama huquqi asosida