Markaziy bank tashabbusi bilan Global Money Week O‘zbekistonda ham an’anaga aylandi

Jamiyat 15:34 / 11.04.2022 7435

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2020 yildan boshlab “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) ta’lim kampaniyasi mamlakat bo‘ylab bolalar va yoshlar orasida keng nishonlanib, bu yilgi ta’lim tadbirlari “O‘z kelajagingizni quring, pullaringiz bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ling” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Xususan, maktablarda aprel oyi davomida “Moliyaviy savodxonlik oyligi”  doirasida o‘qituvchilar orasida “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi darslar” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov (https://t.me/finlituzb/1763) g‘oliblari (o‘qituvchilar) qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, maktablarning 5-11-sinf o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik va moliyaviy matematika bo‘yicha onlayn-test o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir ma’lumotlarini Finlit.uz (https://t.me/finlituzb) orqali batafsil bilib oling.

Barcha hududlarning “Yoshlar markazi”da yoshlar uchun “Finlit.uz bilan moliyaviy barqarorlik sari” (https://t.me/finlituzb/1797) mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Tadbir ishtirokchilari jamg‘arish ko‘nikmalari, mas’uliyatli qarz olish tamoyillari, raqamli moliyaviy savodxonlik, sug‘urta xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati asoslari to‘g‘risida maslahat va yo‘riqnomalarni soha ekspertlaridan olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Markaziy bank tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Moliya instituti va hududlardagi davlat universitetlari bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida volontyorlik loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 300 nafar volontyor talaba moliyaviy savodxonlik bo‘yicha trenerlikka tayyorlanib, mamlakatimizning noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi 84 ta oliy ta’lim muassasasida treninglar tashkil etmoqda.

Tadbirlar tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, to‘lov tashkilotlari va Yoshlar ishlari agentligi hamda bir qator manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki Moliyaviy savodxonlikni oshirish va
bank mutaxassislarini qayta tayyorlash departamenti Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: