Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni boshladi

Iqtisodiyot 20:24 / 11.04.2022 14778

Bu rejalashtirilganidan uch oy keyinroq amalga oshmoqda, deb yozadi 9to5mac.

Qayd etilishicha, kechikish Hindistonning Chennay shahridagi Foxconn zavodida aniqlangan yomon mehnat sharoitlari bilan bog‘liq.

Mazkur korxona faoliyati ishchilarning ko‘plab shikoyatlaridan so‘ng to‘xtatilgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, zavod yaqinidagi umumiy yotoqxonalarda sanitariya me’yorlariga amal qilinmagan.

Nashrning ma’lumot berishicha, 250 nafarga yaqin ishchi kasal bo‘lib qolgan.

Apple shuningdek, Vetnam va Indoneziyada ham mahsulot ishlab chiqaradi.

Ko‘proq yangiliklar: