O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi

Jamiyat 14:44 / 10.04.2022 85057

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 10 aprel kuni 81 yoshida vafot etdi. Uning qizi, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida otasi vafoti haqida xabar bergan.

Aktyor so‘nggi yillarda og‘ir xastalikka chalingan, o‘tgan haftada shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda joylashtirilgandi.

Keyinchalik aktyorning ahvoli og‘irlashib, komaga tushib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Lutfulla Sa’dullayev 1940 yil 18 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965 yilda Teatr va rassomchilik institutini tugatgan. 1963 yildan kinoda rol ijro eta boshlagan. 1968 yilda hamkasbi Gulchehra Sa’dullayevaga uylangan.

1963–2007 yillarda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrida faoliyat ko‘rsatgan. 2008 yildan Respublika yosh tomoshabinlar teatrida ishlay boshlagan. 

Faoliyati davomida taxminan 200 ga yaqin spektakllarda rollar ijro etgan. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan oshadi.

O‘zbek kinotomoshabini uni «Bahor qaytmaydi» videofilmidagi Alimardon To‘rayev, «Odam bo‘lish qiyin»dagi Abdulla, «Shaytanat» serialidagi Qilich Sulaymonov, «Otalar so‘zi»dagi ishtiroki, shuningdek «Osmondagi bolalar», «Fotima va Zuhra» va «Tsunami» kabi filmlaridagi rollari orqali eslab qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: