Yevroittifoq Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning beshinchi paketini tasdiqladi. Bu haqda YeI Kengashi ma’lum qildi.
"Bugun Kengash Sovet Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning beshinchi paketini joriy etishga qaror qildi", - deyiladi bayonotda.
Sanksiyalarning beshinchi paketi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Rossiya kemalarining YeI portlariga kirishi taqiqlanadi, avgust oyidan Rossiya ko‘miriga embargo joriy etiladi;
- Rossiya va Belarus avtotransport operatorlarining YeI hududi orqali yuk tashishi taqiqlanadi, tibbiyot va oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno;
- Rossiyaga kvant kompyuterlari, yarimo‘tkazgichlar, aviayonilg‘i olib kirish va yog‘och, sement, o‘g‘itlar, dengiz mahsulotlari, alkogol import qilish taqiqlanadi;
- "Rossiyaning to‘rt asosiy banki" aktivlari muzlatiladi va tranzaksiyalar amalga oshirishi taqiqlanadi, banklarning nomlari hozircha ma’lum qilinmagan;
- Rossiya va Belarus yuridik shaxslariga banknotlar va qimmatli qog‘ozlar sotishga qo‘yilgan taqiq kengaytiriladi;
- Rossiya va belaruslik "amaldorlar, biznesmenlar va ularning oila a’zolaridan iborat" qora ro‘yxat kengaytiriladi, ularning ismlari keyinroq e’lon qilinadi.