«Mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, yanada yaxshi bo‘lar edi» - Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat 19:42 / 08.04.2022 11667

O‘zbekistonda har bir bola taqdiriga qaratilayotgan e’tibor tufayli oxirgi yarim yilda «Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchasi va SOS bolalar mahallalari uyushmasi qaramog‘idagi 1 ming 619 nafar ko‘ngli o‘ksik farzandlarimiz o‘z oilasi va yaqin qarindoshlari tarbiyasiga o‘tkazilgan.

Natijada 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani uchun yopilgan. 

Qolgan 6 ta «Mehribonlik» va 11 ta kichik bolalar uylarida 1 ming 475 ta o‘rin mavjud bo‘lib, bugungi kunda ularda 897 ta yetim bolalar bor.

«Albatta, bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani, xalqimizning yuksak ma’naviyati, iymon-insofi va bolajonligini ko‘rsatib turibdi. 

Lekin, mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, yanada yaxshi bo‘lar edi. Shuning uchun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berishni tezlashtirish choralarini ko‘rish lozim», dedi prezident.

Ko‘proq yangiliklar: