Toshkentdagi «zapravka»da toksik moddadan zaharlanib, hushini yo‘qotgan xodimlar qutqarildi

Jamiyat 07:38 / 06.04.2022 10115

FVV xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, hushsiz holda yotgan AYoQSh xodimlarini xavfli hududdan olib chiqqan. Ularga birinchi yordam ko‘rsatilgan, shuningdek malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan.

Qayd etilishicha, toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Voqea sababi o‘rganilganda, xodimlar AYoQSh hududi yer ostiga ko‘milgan 3 dona, har biri katta sig‘imli benzin yonilg‘isi saqlanayotgan sisternalar orasida yig‘ilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli konsentratsiyasidan hushlarini yo‘qotgani aniqlangan.

Voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshlig‘i rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajining 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: