Zuhriddin Qodirov – qilichbozlik bo‘yicha o‘zbekistonlik ilk jahon chempioni

Sport 21:30 / 03.04.2022 25296

BAAda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kuni sportimiz uchun tarixiy sanaga aylandi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik sablyachi Zuhriddin Qodirov g‘alaba qozonib, O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk qilichboz bo‘ldi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘smirlar toifasida sablya qurolida bahs olib borgan vakilimiz Kanada, Misr, Vengriya, AQSh va finalda Germaniya vakillari ustidan g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bellashuvda Qodirov Kolin Xetkokni 15:13 hisobida dog‘da qoldirdi.

Shuningdek, bugun 3 aprel kuni musobaqa davomida Samira Shokirova hamda Musa Aytmurodov chorakfinalgacha yetib borgan, ammo bronza medalini naqd qiladigan bosqich ostonasida ularga bir oz omad yetishmadi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, 2 aprel kuni Dubayda start olgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 10 aprel kuniga qadar davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: