Qashqadaryodagi bog‘chada bolalarga mog‘orlagan non berilgani aytildi

Jamiyat 11:57 / 02.04.2022 9834

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida joylashgan bog‘chada bolalarga mog‘orlagan non berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MTB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, joriy yil 2 mart kuni viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar hamda Qamashi tumanidagi 15-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi qonunbuzilishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida 15-sonli bog‘chada qator kamchiliklar bilan birga xo‘jalik mudiri tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari nomaqbul sharoitda saqlanayotgani holati ham aniqlangan.

«Ammo postda keltirilganidek, bolalarga mog‘orlagan non berilmagan. Non mog‘orlagani holati oshpaz tomonidan aniqlangan va xo‘jalik mudiriga qaytarilgan», deyiladi munosabatda.

Avvalroq Qarshi shahridagi bog‘chaga tekshiruvchilar kelganda bir necha nafar tarbiyalanuvchi hojatxonaga yashirib qo‘yilgani fosh bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: