Qashqadaryoda tibbiyot xodimlari tunda ko‘cha tozalashga majburlandi

Jamiyat 10:50 / 02.04.2022 14154

Munosabatda ma’lum qilinishicha, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tunda majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabar o‘rganilgan.

O‘rganish davomida Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i qo‘l ostidagi xodimlarni atrofni tozalash ishlariga majbur qilgani holati aniqlangan.

Shu sababli Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan jarimaga tortilgan.

Avvalroq Nukusda hamshiralar uylarni oqlashga jalb qilingandi. Yakkabog‘ tumanida tibbiyot xodimlari tug‘uruqxona hovlisini tozalashga majburlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: