Quddus Sharif masjidi bo‘yicha: Yangi Sergeli ko‘chasidan Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab Nilufar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Mirza Yusuf (Bodomzor) masjidi bo‘yicha: Bog‘ishamol ko‘chasidan Chingiz Aytmatov ko‘chasi bo‘ylab Qozi tarnov 2-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Shayx Zayniddin masjidi bo‘yicha: Beshqayrag‘och ko‘chasidan Ko‘kcha darvoza ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Novza masjidi bo‘yicha: Muqimiy ko‘chasidan Bunyodkor mahalliy yo‘li bo‘ylab Seul ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Islom ota masjidi bo‘yicha: Farg‘ona yo‘li 5-tor yo‘lidan Farg‘ona yo‘lining mahalliy yo‘li bo‘ylab, Olot ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Yunusobod Oq tepa masjidi bo‘yicha: Amir Temir shohko‘chasidan Chinobod ko‘chasi bo‘ylab Darvozakent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Fotimayi Zahro masjidi bo‘yicha: Nurafshon ko‘chasidan Oqtepa Majlisiy ko‘chasi bo‘ylab, Katta Oqtepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Bo‘ta buva masjidi bo‘yicha: Bunyodkor shohko‘chasidan Beshqo‘rg‘on ko‘chasi bo‘ylab, Beshqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Yakkasaroy masjidi: Shota Rustaveli ko‘chasidan Yakkasaroy ko‘chasi bo‘ylab, Bog‘ibo‘ston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Usmon Bin Mahzun masjidi: Qushbegi ko‘chasidan KXAY bo‘ylab, Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Shuningdek, poytaxt IIBB holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkinligini ta’kidlab, haydovchilardan berkitilgan ko‘chalarni oldindan chetlab o‘tishni iltimos qilgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari kengashi 2022 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 2 aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumot bergan edi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi masjidlarda tarovih namozlari ro‘zaning birinchi kunidan 27 sanasiga qadar davom etishi ma’lum qilingan.