O‘zbekistonda Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlovchi korxonalarga yengilliklar beriladi

Iqtisodiyot 17:59 / 31.03.2022 23149

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qayd etilishicha, soliq ma’murchiligi doirasida ombordagi tovarlarning hisobini va kodlarini majburiy yuritish, mulklar hamda ijara shartnomalarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish kabi yangi mexanizmlar bo‘yicha jarima va boshqa ta’sir choralari yil yakuniga qadar qo‘llanilmaydi. Shuningdek:

  • o‘z ehtiyojlari uchun olib kelingan xomashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash davri hozirgi 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi;
  • yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmaydi;
  • ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda shakar, un, yog‘, go‘sht kabi mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari pasaytirilishi mumkin.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, ko‘rsatilgan tezkor amaliy yordam sababli bozorlarda go‘sht, sut, kartoshka, tuxum, guruch narxlari barqarorligi saqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: