Toshkentda yog‘ingarchiliklar sabab ahvoli yomonlashgan yo‘llar ta’mirlanadi

Jamiyat 08:07 / 27.03.2022 10025

Toshkent shahar hokimligi so‘nggi kunlardagi yog‘ingarchiliklar sabab ahvoli yomonlashgan yo‘llar ta’mirlanishini bildirdi.

«2022 yilda odatdagidan ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilgani bois shahrimizdagi yo‘llarda jiddiy nosozliklar yuzaga keldi, chuqurliklar soni ham ko‘paydi.

Bu holat Toshkent shahar hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan yo‘llardagi nosozliklar xatlovdan o‘tkazilgan, ta’mirlash texnikasi shay holatga keltirilgan.

Yog‘ingarchiliklar tugab, quruq ob-havo kuzatilishi bilan shahrimizdagi ta’mirtalab ko‘chalarni soz holatga keltirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar boshlab yuboriladi. Buning uchun zarur texnika, mahsulotlar va ish kuchlari yetarli.

Hurmatli hamshaharlar, ayni damdagi noqulayliklar uchun uzr so‘rab, tez orada poytaxtimiz yo‘llari tekis va ravon holga keltirilishini ma’lum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: