Bahorgi ta’til 21 martdan 27 martgacha davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til bu yil odatdagidan ikki hafta uzoqroq – 24 yanvargacha davom etgandi. Xalq ta’limi vazirligi ta’tilning uzaytirilishini mavsumiy gripp keskin ko‘payishining oldini olish maqsadi bilan izohlagan edi.
Qishki ta’tilning uzaygani hisobiga 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida belgilangan qo‘shimcha bir haftalik ta’til bu yil uchun bekor qilingandi.
Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishni so‘ragan edi.