O‘zbekistonda qurilish industriyasida katta qadam

Jamiyat 16:59 / 25.03.2022 17922

Har yili bo‘lib o‘tadigan UzBuild 2022 xalqaro qurilish ko‘rgazmasi 1-4 mart kunlari qurilish sohasidagi yetakchi kompaniyalarni birlashtirdi.  

Durable Beton qurilish industriyasidagi muhandislar, investorlar va tadbirkorlar uchun “Durable Stone”, “Durable JBI” va “Durable Beton” brendlari ostida yangi mahsulotlarni taqdim etdi.

4 kun davomida Durable Beton namoyishiga 100 dan ortiq nufuzli kompaniya va tashkilotlar vakillari tashrif buyurib, ko‘rgazmadagi eng yorqin pavilonlardan biri sifatida e’tirof etishdi.

Durable Beton qanday yechimlarni taqdim etdi?

1.      Xalqaro standartlar asosida tayyorlangan istalgan hajmdagi beton mahsulotlarini o‘z muddatida yetkazish

Zavod qurilishida poydevor va beton qoplashdan tortib, ko‘p qavatli uylar va boshqa inshootlarni qurishda ham ishlatiladigan V7.5 - V60 rusumidagi tayyor beton yetkazib beradi.

Ko‘rgazmada kompaniya buyurtmalarni aniq vaqt rejimida kuzatish rejimini namoyish etdi. Bu xizmat o‘z buyurtmasining qanday holatda va qachon yetib kelishidan xavotir olayotgan mijozlar uchun xotirjamlik beradi.

Zavodga bormasdan turib buyurtma berish va mahsulotning yetib kelishini onlayn kuzatish jarayonida butunlay shaffoflik yaratilgan.

2.      Sanoat va shahar infratuzilmasi uchun temir-beton mahsulotlari  

Zavodda turar joy binolari, sanoat inshootlari va shahar infratuzilmasi qurilishida zarur bo‘lgan 100 dan ortiq temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Ko‘rgazma pavilonida “Yig‘ma beton buyumlar” va “Shahar infratuzilmasi uchun temir-beton buyumlar” maketlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi. Yangilikning o‘ziga xosligi shundaki, zavod buyurtmachining loyihasi asosida kerakli hajmdagi yig‘ma beton mahsulotlarni ham yetkazib beradi.

3.      Hovli, yo‘laklar va jamoat joylari uchun bruschatkalar

Yo‘lak va hovlilarni yotqizilgan tosh qoplamalar (bruschatka) bilan bezatish uchun 25 turdagi shakl, rang va o‘lchamlar assortimenti mavjud. Durable Stone bruschatka xarid qilish ishtiyoqidagi mijozlarga quyidagi bepul xizmatlarni taklif etadi:

  • Loyihaning 3D ko‘rinishdagi vizual ko‘rinishi;
  • Hududni o‘lchash va narxlarni hisoblash;
  • 10 yillik kafolat;
  • Bruschatkani tozalash uchun sertifikat.

Kompaniya vakillari odatiylikdan chekingan holda ko‘rgazma pavilonini bruschatka bilan bezatishdi. Bu bilan ular tosh qoplamalarni joylashtirishning o‘zgacha xususiyatlarini va ko‘rinishini yaratishdi.

4. Durable Beton onlayn va oflayn

Sayt

Sayt orqali Durable Beton mahsulotlari katalogi bilan tanishish va darhol buyurtma berish yoki mutaxassisdan maslahat olish mumkin. Zavod va undagi texnologiyalar, afzalliklar haqida ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan.

https://durablebeton.uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda:

Durable Beton zavodining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kompaniya hayoti yoritiladi va tashkillashtirilayotgan tadbirlar e’lon qilib boriladi.

Durable Stone shourumi:

Manzil: Toshkent, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, Xadra, 24

Durable JBI shourumi:

Manzil: Toshkent, Bektemir tumani, Ohangaron yo‘li, 2

Qurilish va obodonlashtirish uchun ishonchli yo‘lni tanlang.

Telefon: +998 95 485-55-55

E-mail: info@durablebeton.uz

Sayt: durablebeton.uz

Instagram: @durable.beton    |    @durablestone.uzb

Facebook@durablebeton.official    |    @durable.stone.official

Telegram: Durable Beton    |    Durable Stone

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: