Ma’lum bo‘lishicha, 25 mart kuni soat 16:00dan 27 mart kuni soat 18:00gacha:
- Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha;
27 mart kuni soat 05:00dan 18:00 gacha:
- I.Karimov ko‘chasi: Olmazor ko‘chasidan Sh.Rashidov ko‘chasigacha;
- Sh.Rashidov ko‘chasi: I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
- Shahrisabz ko‘chasi: A.Temur ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi: Shahrisabz ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;
- Oybek ko‘chasi: Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
- Nukus ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
- A.Qodiriy ko‘chasi: Abay ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha harakat vaqtincha cheklanadi.
“Ushbu ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq, Toshkentning Alisher Navoiy shohko‘chasi va Abay ko‘chasi vaqtinchalik yopilishi haqida xabar berilgan edi.