Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan go‘sht to‘xtatib qolindi

Jamiyat 13:53 / 23.03.2022 764

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IIB JTSB Karantin tadbirlarni ta’minlash bo‘linmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan, Chiroqchi tuman hududida joylashgan, «Umakay» YPX maskanidan o‘tayotgan Nexia mashinasi to‘xtatib, ko‘zdan kechirilgan.

Tekshirish davomida Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan mashinada veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan 900 kg og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur sifatsiz go‘sht tekshirib ko‘rilganda, uning iste’molga yaroqsizligi aniqlangan va tegishli tartibda yo‘q qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: