Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘irlashga urinayotgani aytilgan ayol ruhiy kasal bo‘lib chiqdi

Jamiyat 22:08 / 23.03.2022 1607

Qayd etilishicha, 18 mart kuni Toshkent shahar IIBBga 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro P.K. murojaat qilib, Yunusobod tumanidagi bolalar bog‘chasi oldida noma’lum ayol kishi turganligi va o‘zini g‘alati tutayotganligi, kimni qidirayotganligi so‘ralganida adashib qolganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida bog‘cha oldida turgan ayol kishi 1988 yilda tug‘ilgan Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi I.K. ekanligi, hozirda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘ldi. U 2016 yilda o‘zi, farzandi va onasi bilan birgalikda YTHga uchragan va oqibatda onasi vafot etgan. O‘zi esa ruhiy kasal bo‘lib qolganligi aniqlangan.

Fuqaro I.K. tomonidan bolalarni o‘g‘irlashga urinish holati bo‘lmagan.

Maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘irlashga urinayotgan ayol deya tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga yaqin emasligi ma’lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: