Qayd etilishicha, hozir suratlar qaysi maktabga tegishli ekanligi o‘rganilmoqda.
“Xalq ta’limi vazirligi tomonidan avval ham bir necha bor turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda o‘tkazish, bolalar bilan suratlardagi kabi holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish berilgan va bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga choralar ham qo‘llanilgan. Shunga qaramay, hali-hamon joylarda bunday noxush holatlar davom etmoqda.
Fursatdan foydalanib boshqa maktablar tegishli xulosa chiqargan holda, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari qat’iy talab etiladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
O‘tgan oyda Qibrayda maktab o‘quvchilari sovuq ob-havoda mehmonlarni kutishga chiqarilgan va bu jamoatchilik tomonidan tanqid qilingandi.