Tijorat banklari valuta ayirboshlash shoxobchalari orqali AQSh dollarining sotuv kursi 11 630 so‘mgacha ko‘tarildi.
Bungacha banklarda 1 dollar 11390 so‘mgacha sotilayotgan edi.
Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 11 520 so‘mdan sotib olishni, 11 630 so‘mga sotishni taklif qilmoqda.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
- NBU: sotib olish — 11 550 so‘m, sotish — 11 625 so‘m;
- «Hamkorbank»: sotib olish — 11 570 so‘m, sotish — 11 630 so‘m;
- «Davrbank»: sotib olish — 11 515 so‘m, sotish — 11 630so‘m;
- «Turonbank»: sotib olish — 11 515 so‘m, sotish — 11 625 so‘m;
- «Tengebank»: sotib olish — 11 520 so‘m, sotish — 11 630 so‘m;
- «Kapitalbank»: sotib olish — 11 560 so‘m, sotish — 11 620 so‘m.