Veterinariya va chorvachilik sohasiga Yaponiyaning grant mablag‘lari ajratiladi

Jamiyat 15:30 / 15.03.2022 11859

Uchrashuvda har ikki tomonning hamkorlikdagi ustuvor yo‘nalishlari, yurtimizda veterinariya va chorvachilik sohalariga yapon texnologiyalarini jalb etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, agentlik vakili Tosaka Sota iste’molchi uchun sifatli va yetarli miqdorda chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda yapon loyihalarining o‘ziga xosligi, go‘sht va sutni qayta ishlashdagi yangi texnologiyalar haqida ma’lumot berdi.  

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun JICA'ning grant mablag‘larini jalb etishga kelishildi.

Kelishuvga ko‘ra, soha mutaxassislarining malakasini oshirish, yapon ekspertlarini yurtimizga jalb etish, qo‘mita tizimidagi ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim sohalari va tashxis markazlari, naslchilik korxonalaridagi mavjud laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilashda JICAning “Beg‘araz ko‘mak” loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: