Samarqand va Jizzax viloyatlari prokuraturasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Jizzax shahar prokurori viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Uning o‘rniga Olmaliq shahri prokurori kelgan. Shuningdek, Samarqand viloyat prokuroriga o‘rinbosar tayinlangan.

Foto: Jizzax viloyati prokuraturasi
Jizzax viloyati prokuraturasining xabar berishicha, viloyat prokuraturasida mahkama xodimlari, viloyat IIB boshlig‘i, Bosh prokuratura huzuridagi MIB va IJQK departamentining viloyat boshqarmalari boshliqlari, Jizzax harbiy prokurori, viloyat bojxona boshqarmasi boshliqlari ishtirokida kuzatuv va tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tgan.
Tadbirda ma’lum qilinishicha, Bosh prokurorning tegishli buyruqlariga asosan:
— Adliya katta maslahatchisi Bozorov Sarvar To‘xtamurodovich Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgacha, S.Bozorov Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
— Adliya maslahatchisi Shamsiyev Alisher Azamatovich Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgacha, A.Shamsiyev Jizzax shahar prokurori lavozimida ishlagan.
— Adliya kichik maslahatchisi Mamatov Muzaffar Mamatovich Jizzax shahar prokurori lavozimiga tayinlangan.
Mazkur tayinlovgacha, Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokurori lavozimida ishlagan.
Avvalroq Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosarlaridan biri Sirojiddin Usmonov Samarqand tumani hokimi, Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov esa Samarqand shahar prokurori etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

19:30 / 04.03.2025
Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

10:27 / 06.02.2025
Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

11:54 / 29.01.2025