Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 117,09 so‘mga ko‘tarilib, 11 150,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 154,24 so‘mga ko‘tarilib, 12 270,71 so‘m bo‘ldi.
Rubl 1,45 so‘mga ko‘tarilib, 99,26 so‘m bo‘ldi.
14 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 martda amalda bo‘ladigan qiymatini 11 033,03 so‘m etib belgilagandi.
15 mart kuni tijorat banklarida dollarning sotuv kursi 11 205 so‘mni tashkil qildi. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022 yilda dollar kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.