Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda prokuror tuman hokimi bo‘ldi
Samarqand tumaniga viloyat prokurori o‘rinbosari hokim bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 14 mart kuni Samarqand tumani hokimligida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan Usmonov Sirojiddin Xayrullayevich nomzodi Samarqand tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Sirojiddin Xayrullayevich Usmonov 1979 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, 2019 yil 30 iyuldan buyon Samarqand tumaniga rahbarlik qilib kelgan Nosir Mavlonov 2022 yil fevralida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ishdan olingandi.
Shuningdek, bugun xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari tomonidan Nurobod tumaniga ham hokim tasdiqlangan.
Avvalroq Samarqand viloyatining Payariq, Oqdaryo va Bulung‘ur tumanlarida ham yangi hokimlar ish boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
Mavzuga oid

13:33 / 11.03.2025
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi

17:22 / 17.10.2024
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi

20:32 / 12.07.2024
Samarqandda Matiz mashinasi yonib ketdi

22:16 / 20.12.2023