Angrenda soy o‘zanida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Foto: FVV matbuot xizmati
Toshkent viloyati Angren shahrida FVB xodimlari soy o‘zanida qolib ketgan fuqaroni qutqardi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga 11 mart kuni soat 15:20 da shahar hududidan oqib o‘tuvchi Qorabog‘soy soyida fuqaro S.J. kuchli yog‘ingarchilik natijasida soy o‘zanida qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, fuqaroni soy o‘zanidan olib chiqqan. Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tomonidan unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

20:12 / 05.03.2025
Angrendagi ko‘mir konida «BelAZ» ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

22:40 / 07.10.2024
Angrenda ko‘mir koni kengaytirilishi sabab uylari ko‘chgan yoki buzilgan aholiga 60 mlrd so‘mdan ortiq pul to‘lanadi

09:51 / 07.07.2024