O‘zbekistonlik taniqli immunolog Rahim Haitov Moskvada vafot etdi

Jamiyat 17:45 / 11.03.2022 12075

Taniqli immunolog, asli samarqandlik Rahim Musayevich Haitov 78 yoshida Moskvada vafot etdi.

Rahim Haitov 1944 yil 6 yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan, Rossiya Fanlar akademiyasi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor. Rossiya Immunologiya instituti direktori (1988-2014).

1967 yilda I.P.Pavlov nomidagi Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan, 1972 yilda u nurlangan retsipiyentlarga gematopoyetik to‘qimalarni transplantatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va sovet ittifoqining eng yosh tibbiyot fanlari doktori bo‘lgan.

Rahim Haitov Musayevich Rossiya allergologlar va klinik immunologlar uyushmasi prezidenti, JSST immunologiya bo‘yicha eksperti edi.

U OIVga qarshi rus vaksinasining ishlab chiquvchilaridan biri sifatida tanilgan.

Ko‘proq yangiliklar: