YeChL. «Real» Benzemaning het-trigi evaziga «PSJ»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Siti» ham chorakfinalda

Foto: Real Madrid
Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalning javob bahslari davom ettirildi.
Parijda minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan «Real» javob o‘yinida yana Mbappedan to‘p o‘tkazib yuborganiga qaramay, Benzemaning 17 daqiqa ichidagi het-trigi evaziga irodali g‘alabaga erishdi va chorakfinalga yo‘llanma oldi. E’tiborlisi, Karim dastlabki to‘pini «PSJ» darvozaboni Donnarummaning xatosidan so‘ng kiritdi.
Portugaliyada «Sporting»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan «Manchester Siti» javob bahsida golsiz durang qayd etdi va keyingi bosqichga chiqdi.
YeChL. 1/8 final. 9 mart
Javob o‘yinlari
Real — PSJ 3:1
Gollar: Benzema (61, 76, 78) — Mbappe (39).
Real – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 66), Alaba, Militao, Nacho, Modrich, Kroos (Kamavinga, 57), Valverde, Benzema, Asensio (Rodrigo, 57), Vinisius Junior.
PSJ – Donnarumma, Hakimi (Draksler, 88), Markinos, Kimpembe, Mendesh, Danilu Pereyra (Di Mariya, 80), Verratti, Paredes (Guyye, 71), Messi, Neymar, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Paredes (7), Nacho (43), Vinisius Junior (44), Karvaxal (60), Donnarumma (61), Hakimi (81), Kimpembe (83), Vaskes (88).
Birinchi o‘yin — 0:1.
Manchester Siti — Sporting 0:0
Manchester Siti – Ederson (Karson, 73), Rayli, Stounz, Laport (Mbete-Tatu, 84), Zinchenko, Fernandino, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva (Mahrez, 46), Foden (Makati, 46), Sterling, Gabriel Jyezus.
Sporting – Adan, Porro (Eshgayyu, 78), Netu (Feddal, 89), Koates, Inasiu, Mateus Reys, Sarabiya (Edvards, 58), Ugarte, Slimani (Ribeyru, 89), Paulinyu (Nunu Santush, 78), Tabata.
Ogohlantirishlar: Paulinyu (14), Gabriel Jyezus (39), Slimani (40).
Birinchi o‘yin — 5:0.
Mavzuga oid

16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi

13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?

11:47 / 16.02.2025
«Siti»da yirik g‘alaba, «Real» o‘yinida mojaro. Kun o‘yinlari

20:44 / 08.02.2025