Zelenskiy Rossiya neftini boykot qilishga chaqirdi

Iqtisodiyot 18:49 / 07.03.2022 15854

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya nefti va neft mahsulotlarini boykot qilish, Rossiyaga importni to‘xtatish kerak.

«Hamkorlarimiz bilan muloqotda fikrimiz mantiqiy. Agar hujum davom etsa va Rossiya Ukrainaga qarshi rejalaridan voz kechmagan bo‘lsa, demak, yangi sanksiyalar paketi kerak», - dedi u.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya eksportini, jumladan, Rossiya nefti va neft mahsulotlarini boykot qilish, Rossiyaga importni to‘xtatish kerak.

Avvalroq AQSh vakillar palatasi Rossiyadan Qo‘shma Shtatlarga neft import qilishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishi xabar qilingandi.

Ushbu xabar ortidan neft narxi keskin ko‘tarildi.

Ko‘proq yangiliklar: