Toshkentda YPX xizmat mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Jamiyat 11:19 / 07.03.2022 17211

2022 yilning 4 mart kuni taxminan soat 23:00 larda Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li hududida xizmat olib borayotgan YHXB YPX inspektori safdor A.Rahmatov «Spark» rusumli avtomashi haydovchisiga hushtak va jyezl orqali «to‘xtash» ishorasini bergan.

Qayd etilishicha, haydovchi YPX inspektorining qonuniy talablarini bajarmay, uning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan harakatni davom ettirib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan, tezlikni belgilangan me’yordan oshirib, svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmagan.

YPX inspektori o‘ziga biriktirilgan «Lasetti» rusumli xizmat avtomashinasida «Spark» avtomashinasini kuzatib borayotgan vaqtda, 1995 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida ikkinchi «Lasetti» avtomashinasining yo‘lovchisi, 1997 yilda tug‘ilgan F.A. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazorati ostida tekshiruv o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, «Spark» avtomashinasi haydovchisining qayerdaligini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: