Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan 9 martdan amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,16 so‘mga pastlab, 10 897,27 so‘mni tashkil qildi. Yevro 186,67 so‘mga pastlab, 11 831,17 so‘m bo‘ldi.
Rubl kursi qulashda davom etadi, Rossiya valutasi 19,21 so‘mga qadrsizlanib, 1 rubl 79,89 so‘mga teng bo‘lgan.
3 martdan amal qiluvchi kurslarga ko‘ra, rublning rasmiy kursi 2017 yildan beri ilk marta 100 so‘mdan pasaygandi.
Shu bilan birga, 7 mart kuni O‘zbekistonda rubl uchun yana imtiyozli koridor belgilandi, o‘zbek banklari bugun 1 rublni 95 so‘mdan sotib olishgan, ayni vaqtga kelib rubl kurslari yana maqbullashtirildi (1 rubl 75 - 95 so‘m oralig‘ida ayirboshlanmoqda).