Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,18 so‘mga ko‘tarilib, 10 910,43 so‘mni tashkil qildi. Yevro 59,64 so‘mga pastlab, 12 017,84 so‘m bo‘ldi. Rubl 6,06 so‘mga ko‘tarilib, 99,10 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 900 so‘mdan oshdi. Shu kuni tijorat banklarida dollar kursi 10 955 so‘mgacha ko‘tarildi.