Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,41 so‘mga ko‘tarilib, 10 872,41 so‘mni tashkil qildi. Yevro 10,62 so‘mga ko‘tarilib, 12 154,27 so‘m bo‘ldi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan yuzaga kelgan vaziyatda rubl 21,46 so‘mga pastlab, 108,60 so‘m bo‘ldi. Bu so‘nggi yillarda kuzatilgan eng jiddiy pasayishdir.
O‘tgan hafta oxirida O‘zbekistonda dollar kursi 9,15 so‘mga ko‘tarilib, 10 860 so‘mni tashkil qilgandi. Qatorasiga uchinchi marta dollar kursi ko‘tarilmoqda.