“Hamma ma’lumotni internetdan olishga odatlandik”
Bugun gazeta-jurnal o‘qiydiganlar nihoyatda kam – ularni noyob odamlar toifasiga kiritsak arziydi. Biror ma’lumot kerak bo‘lsa darrov internetdan qidiriladi. Bu esa internet reklamaning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishiga yo‘l ochadi. Bugungi tadbirkor internetdan unumli foydalanishni, onlaynda ham o‘z biznesining aks etishini ta’minlashi zarur. Aks holda odamlar u haqida bilishmaydi.
Kun.uz haqida...
Internet resurslaridan unumli foydalanish maqsadida O‘rta Osiyodagi lider saytlardan biri Kun.uz’ni tanlaganmiz. Sababi bu platforma chop etilgan har bir ma’lumotning ishonchli va xolisligi bilan foydalanuvchilar orasida hurmat qozongan.
Tadbirkorlarga tavsiyalar
Bizning kouching kurslarimizda malaka oshirgan barcha tadbirkorlarga Kun.uz saytini tavsiya qilamiz. O‘z mahsulotlarini tanitishni, butun respublika bozorlariga kirib borishni istaganlar bu sayt reklamasidan foydalanishadi. Chunki saytning qamrov hajmi juda katta. Bitta reklama bilan sizning mahsulotingiz O‘zbekistonning har bir burchagida ham tanilishi mumkin.